Mustaqillik bayraming muborak O'zbekistonim!

Aziz hamkasblar! Muhtaram vatandoshlar!

 Sizlarni xalqimizning ulug’ va unutilmas bayramimiz – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

 Yurtimizda dam olish kunlari tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sog’liq-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman. Biz tibbiyot hodimlarni sizlarning sog’ligingiz uchun doimo kecha-kunduz  xizmatingizdamiz.

 Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonojon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

 Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo’lsin! Har birimiz uchun qudrat manbai, soadat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin! Bayramingiz qutlug’ kelsin azizlar! Hurmat bilan,

Namangan viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i

Iminov Abdilhodi Muxiddinovich